HOKIMNING NOQONUNIY QARORI BEKOR QILINDI

Samarqand viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar hokimligiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi qonunining 12-moddasi (3 va 8-xat boshlari) talablari buzilganligi holati bo’yicha qo’zg’atilgan ish ko’rib chiqildi. Hududiy boshqarma Samarqand shahar hokimining 2020 yil 18 iyundagi 99-F-sonli Farmoyishining raqobat muhitiga ta’siri o’rganib chiqilganda: – Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida 84 dona, Registon ko’chasida…