XORIJIY KORXONAGA ASOSSIZ HISOBLANGAN TO’LOVLAR QAYTARILDI

“Xitoy Beshbarmoq qurilish materiallar” MCHJ xorijiy korxonasining 2021 yil 19 yanvarda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bulung’ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2020 yil dekabr oyida o’tkazilgan o’rganishda elektr energiyasiga ulanish sxemalari noto’g’riligi aniqlanib, dalolatnoma asosida 1215000,0 ming so’mlik asossiz to’lovlar hisoblanayotganligi to’g’risidagi murojaati kelib tushgan. Murojaatda keltirilgan holatlarni “O’zenergoinspektsiya” Samarqand viloyat bo’limi bilan birgalikda…