BU O’SHA “FESTAL”mi?

Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga “Aventis Deutschland GmbH” kompaniyasining tegishli murojaati kelib tushgan bo’lib, unda viloyatdagi “BIONIC” va ”KOLIBRI”  MCHJ shaklidagi korxonalar tomonidan “Combitic Global Caplet Pvt.Ltd” kompaniyasining “UNI FESTAL” nomli dori vositalarini chetdan kirib kelayotganligi va sotayotganligi natijasida, “Sanofi- “FESTAL/FESTAL” tovar belgisi bo’yicha intellektual mulk huquqlari buzilayotganligi ma’lum qilingan va tegishli chora ko’rish so’ralgan. Shunday…

MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO’MITASINING XULOSASI

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan regulation.gov.uz saytiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi xizmatlarini ko’rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori loyihasi kelishish uchun taqdim etilgan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Qaror loyihasi bo’yicha xulosasi: ID-20014

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Agrar sektorni qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi qarori loyihasiga XULOSASI.

Qaror loyihasi 2-bandida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, Qashqadaryo va Jizzax viloyatilari hokimlarining “Indorama Agro” MCHJ XK va “Pahtakor Tex” MCHJ paxta to’qimachilik klasterlari to’g’ridan-to’g’ri tuzilgan shartnomalariga asosan ilovadagi ro’yxatga muvofiq olib kiriladigan qishloq xo’jaligi texnikalari va ehtiyot qismlarini:…

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO’MITASINING “UZAUTOMOTORS” AJga NISBATAN OLIB BORGAN TEKSHIRISH NATIJALARI HAQIDA MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “UZAUTOMOTORS” AJda  O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo’llanilishi asosliligi yuzasidan…

SEMENTNI SODDALASHTIRILGAN TIZIM ORQALI IMPORT QILISHGA RUXSAT BERILDI

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi taklifiga ko’ra respublikaga import qilinadigan sementni erkin muomalaga chiqarish soddalashtirildi va muddatlari qisqartirildi. Bugun Vazirlar Mahkamasining “Tsement importi tartibini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 450-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, sement mahsulotini import qilinganda uni 1-2 kun ichida erkin muomalaga chiqarish imkoniyati yaratildi. Avval…

ESLATMA!!!

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llashdagi global muammolar: O’zbekiston Respublikasidagi tendentsiyalar va Germaniya, Gonkong, Italiya, Yaponiya va AQShning xalqaro amaliyoti” mavzusida vebinar bo’lib o’tadi. Mazkur tadbir Butunjahon banki va O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Dunyoda tan olingan raqobat sohasidagi mutaxassislar, jahonga mashhur olimlar va professorlar raqobat…

ENG ASOSIY MAQSAD BOZORDAGI BARCHA TADBIRKORLAR UCHUN TENG RAQOBATGA EGA SHAROIT MUHITINI YARATISHDIR!

Eslatib o’tish joiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalarni bekor qilish to’g’risida”gi farmoni loyihasini ommaviy muhokamaga qo’ygan.  Albatta, mazkur loyiha qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. Biroq, loyihaning “O’zmetkombinat” Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining qora metall parchalari va chiqindilarini sotib olish bo’yicha…

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tayorlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori  loyihasiga XULOSA

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi (regulation.gov.uz)ga qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akfa Universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori (ID-19254) loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan Adliya vazirligida 2019 yil 19 aprelda 3155-son bilan ro’yhatga olingan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi asosida ko’rib chiqilgan. Qaror loyihasining ayrim bandlari O’zbekiston…

ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZNI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI O’RNATISHDA TANLASH IMKONIYATI YARATILADI!

Iste’molchilarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ular tomonidan bildirilayotgan takliflarni inobatga olish maqsadida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qaroriga qo’shimchalar va o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur…

SEMENT IMPORTINI YENGILLASHTIRISH TOPSHIRIG’I BERILDI

Sement importi bo’yicha cheklovlar bekor qilinganligiga qaramasdan joriy yilning iyun – iyul oylarida birjaning sement bozorida talabning sezilarli darajada o’sishi natijasida narxlarning oshishi holatlari kuzatilmoqda. 2020 yilning yanvar-iyun oylarida birjada barcha markali sementning narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 502,0 ming so’mdan 797,0 ming so’mgacha, ya’ni 59 foizga o’sdi. Narxlarning o’sishi asosan joriy yilning may–iyun oylariga,…