TAYINLOV

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi tayinlandi. Akbarova Munojat Shokirovna 1981 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 2006 yilda O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining xalqaro jurnalistika fakul`tetini tamomlagan, mutaxassisligi – jurnalist. Akbarova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 1999 – 2017…

QAYSI SUG’URTA KOMPANIYALARIGA «YASHIL CHIROQ», QAYSI BIRLARIGA HALIYAM «QIZIL»?

“Uzbekistan Airports” AJ tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini, qutqaruv xodimlarining hayoti va sog’ligini, xavfli ob’ektlarni, mashina va mexanizmlarni hamda aeroportlar faoliyatiga bog’liq bo’lgan boshqa ob’ektlarni sug’urtalash bo’yicha tanlov savdolari o’tkazish jarayonida O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining talablari buzilishi aniqlandi. Xususan, kompaniya tomonidan joylashtirilgan e’londa davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari ishtirok etishi mumkinligi…

QISHLOQ HO’JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORT QILUVCHI TADBIKORLAR DIQQATIGA!!!

Bugungi kunda yurtimizda meva va sabzavot mahsulotlari pishib yetilmoqda, ularni iste’moldan ortig’ini chet ellarga eksport qilish ehtiyoji va imkoniyati ortib bormoqda. Lekin, hududlarda tadbirkorlar tomonidan eksportni amalga oshirishda ayrim muammolar qiynab kelinayotganligi yuzasidan turli xabarlar kelib tushmoqda. Jumladan, tadbirkorlar boshqa viloyatlardan qishloq ho’jaligi mahsulotlarini sotib olmoqchi bo’lsa, mahalliy hokimliklar tomonidan unga to’sqinlik qilinayotganligi, tadbirkordan o’sha…

HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZISH BO’YICHA DAVLAT MUASSASALARI MONOPOLIYASI ANIQLANDI

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 27 iyunda 2472-son bilan ro’yxatga olingan “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomni “ex-post” usulida raqobatga ta’siri baholandi. Aniqlanishicha, mazkur Nizom talablarida haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash…

MASOFADAN ISHLAB, DOLZARB MAVZULARNI MUHOKAMA ETAMIZ…

Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida vebminar tashkil etildi. Onlayn seminar mavzusi va prezentatsiyalar bilan quyida tanishish mumkin Havola №1 Havola №2 Havola №3 Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati

CHIPTA SOTISH TIZIMINI JORIY ETISH TO’G’RISIDAGI LOYIHANING RAQOBATGA TA’SIRI BAHOLANDI

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori loyihasini (ID-17055) joylashtirilgan. Mazkur qaror loyihasi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan tegishli takliflar (e’tirozlar) bildirildi va belgilangan tartibda loyiha ishlab chiquvchiga…

VAGONLARNING HUSUSIY SEKTORDA ORTIQCHA TURIB QOLGANIGA KIM HAQ TO’LAYDI?

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan tadbirkorlarning tabiiy monopoliya sub’ektlari xizmatlari yuzasidan qilgan murojaatlari doimiy ravishda o’rganib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “O`zmetallsavdo” AJning murojaati, Qo’mitaga kelib tushayotgan murojaatlardan biri hisoblanadi. “O`zmetallsavdo” AJ Qo’mitaga murojaat qilib, “Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tomonidan xususiy temir yo’l tarmoqlarida vagonlarning turib qolganligi uchun qo’shimcha to’lov…

MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO’MITASI MUROJAATLAR BILAN ISHLASHNI DAVOM ETTIRADI!

2020 yilning I choragi bo’yicha Qo’mitaga jismoniy va yuridik shaxslardan 2330 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda infografika orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Hurmatli tadbirkor va iste’molchilar! Agar siz Qo’mita vakolatiga kiruvchi muammolarga duch kelsangiz, bizga murojaat etishingizni so’raymiz: antimon.gov.uz yoki 71 207 48 00 Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati

OZIQ-OVQAT, QISHLOQ HO’JALIGI MAHSULOTLARI VA SHAXSIY GIGIENA VOSITALARNI IMPORT QILUVCHI BARCHA TADBIKORLAR DIQQATIGA!!!

Bugungi pandemiya sharoitida chetdan olib kelinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini olishda import qiluvchilar qiyinchiliklarga duch kelayotganligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur murojaatlarda ko’rsatilgan muammolar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar…

Tibbiyot niqoblarni ishlab chiqarish bo’yicha bozor holati

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki o’rganish natijasiga ko’ra, bugungi kunda respublikamizda shaxsiy himoya niqoblari ishlab chiqaruvchi 89 ta korxonalar (ilovada keltirilgan) faoliyat yuritayotganligi va ularning kunlik ishlab chiqarish quvvati 1,77 mln. donani tashkil etishi ma’lum bo’ldi. Mazkur ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan shaxsiy himoya vositalarining ulgurji narxi foydalanilgan hom ashyodan…