“UzAuto Motors” AJ tomonidan narxlarning oshirilishi bo’yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining bayonoti
Bugungi kunda jamoatchilik tomonidan “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar narxlarining oshirilishiga ko’plab e’tirozlar bildirilmoqda. Ushbu holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Birinchidan, “UzAuto Motors” AJ yengil avtomobillarni ishlab chiqarish bo’yicha ustun mavqega ega bo’lib, korxonaga yillar davomida imtiyozlar va preferentsiyalar berilishi qaramasdan, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan korxonaning yetarli darajada…