TABIIY GAZ NAZORATI VA HISOBINING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI JORIY ETISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHDA TADBIRKORLAR UCHUN TENG SHART-SHAROITLAR YARATILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft`-gaz tarmog’ini moliyaviy sog’lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019 yil 9 iyuldagi PQ–4388-son qaroriga muvofiq, respublikaning barcha turdagi iste’molchilari uchun tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo’yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida,…

ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANDI!

2020 yil 28 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga Poytaxtimizda gazli ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan korxonalar uchun PET-preformlar tayyorlaydigan “Plastmaster” MCHJ tomonidan elektr energiyasi bilan bog’liq murojaat kelib tushdi. Unga ko’ra, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltin topgan ko’chasida joylashgan “Plastmaster” MCHJ korxonasiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi kuchlanishi belgilangan sifat darajasidan pastligi, bu…

GAZ BILAN TA’MINLANDI

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi M. Sattorov nomidan, uyida gaz ta’minoti yo’qligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. Uni o’rganish maqsadida Qo’mita Matbuot xizmati hududiy boshqarma xodimlari bilan keltirilgan manzilga borishdi. Aniqlanishicha «Shohguzar» mahallasida tabiiy gaz ta’minoti yetkazilgan bo’lib (shu o’rinda ma’lumot: bundan bir necha yil avval, aynan, mana shu…

TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI DIQQATIGA!!!

2019 yilning 28 noyabr kuni ipoteka kreditlash ko’lamini yanada kengaytirish, xususiy pudratchilarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uy-joy sharoitlari, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarini urbanizatsiya jarayonini jadallashtirishda kam ta’minlangan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” Farmoni imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq yangi tartib…

BIZDA GAZ BOR! SIZDA-CHI?

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati boshqarmasiga joriy yilning 10 fevral sanasida, viloyatning Kosonsoy tumani, “Uzun” MFY aholisidan tabiiy gaz bilan bog’liq muammolarga duch kelishayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Qo’mita xodimlari va “Namangan  Hududgaz” AJ vakillari, ko’rsatilgan manzilga chiqib vaziyat o’rganildi. O’rganishlar natijasida, “Namangan  Hududgaz” AJ bergan xulosaga ko’ra hududga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik…

YORUG’LIK BO’LSIN

Joriy yil 8 fevral kuni Namangan viloyati Namangan tumani Ibrat MFY da istiqomat qiluvchi T. Mo’minov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati boshqarmasiga murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatda ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashgan xonadonlarda elektr ta’minoti dasturiga muvofiq yangi liniyalar tortilgan bo’lsada, elektr tokida muammolar borligi ko’rsatilgan. Mazkur murojaatni joyida o’rganish maqsadida Qo’mita…

TOSHKENT SHAHAR YASHNAOBOD TUMANIDAGI ELEKTR ENERGIYASI BILAN BOG’LIQ ISH HUSUSIDA MA’LUMOT

Eslatib o’tamiz, joriy yil 15 yanvar kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga Yashnaobod tumani, Tuzel mavzesi, 1-dahasida istiqomat qilayotgan Rizalina Berdnikova tomonidan, elektr energiyasida kuchlanish ko’payib ketishi natijasida bir nechta xonadonlarda maishiy texnika kuyganligi haqida murojaat kelib tushgan. Murojaatni o’rganish natijasida, mazkur holatga Yashnaobod tumani “Hududelektrtarmoqlari” AJ balansida bo’lgan transfarmatorning…

ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI JORIY ETISH JARAYONIDA TA’MINOTCHI VA ISTE’MOLCHINING HUQUQ HAMDA MAJBURIYATLARI!

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga iste’molchilar tomonidan zamonaviy elektr energiya hisoblagichlarni o’rnatishdagi muammolar haqida ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu sababli, ayni vaqtda amal qilib kelinayotgan “Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o’rnatish tartibi to’g’risida”gi…

MONOPOLISTLAR TOMONIDAN ISTE’MOLCHILARGA NISBATAN IKKI XIL MUNOSABAT

Monopoliyaga qarshi kurashishi qo’mitasi tomonidan sayyor qabul orqali tadbirkorlar bilan o’tkazilayotgan uchrashuvlarning birida Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “Nasaf oltingugurt kimyo” MCHJ rahbari bug’doyni eksport qilishda temir yo’l tarifiga chegirmalar nazarda tutilgan bo’lsada, “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tomonidan mazkur chegirmalar inobatga olinmasdan yuqori tariflar qo’llanilayotganligi va ushbu masalada amaliy yordam so’rab murojaat etgan.…

TOSHKENT VILOYATI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH BOSHQARMASI TOMONIDAN NOHALOL RAQOBAT HOLATLARI ANIQLANDI.

“Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining O’zbekiston Respublikasidagi vakili L.Xidirovaning 10.12.2019 yildagi murojaati kelib tushdi. “Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining tovar va xizmat ko’rsatish belgisi “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`”ga Intellektual mulk agentligi tomonidan MGU-29436, 29437 va 29438-sonli  guvohnomalar berilganligi, biroq hozirgi vaqtda ushbu tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`” tovar belgisidan Toshkent…