Qo‘mitada “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi vakillari hamda ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-dekabr sanasida o‘rnatilgan xalqaro hamkorlik doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida rais o‘rinbosari Karabayev Farrux Esanaliyevich, Qo‘mita vakillari hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi katta maslahatchisi Met Addison, elektr energiyasi bozori bo‘yicha mutaxassisi Tugrul Atasoy hamda mazkur loyihaning O‘zbekistondagi kordinatori Doniyor Babayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O’zbekistonda energetika…

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida g‘urur va faxr uyg‘otadi. Madhiyamiz mualliflari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi barcha yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!…

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Ushbu sana munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Qo‘mitada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda BMT xalqaro eksperti Irina Burdikova, BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali hisobot beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi komponent rahbari N.Zikrillayeva hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining…

Benzin narxlarini monitoring qiluvchi telegram bot ishga tushirildi!

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan respublikamiz hududlarida aholiga benzin narxi haqida kunlik ma’lumot olish imkonini beruvchi maxsus “Benzin narxi” boti (@benzin_antimon_bot) ishga tushirildi. Iste’molchilar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin: AYoQShlar kesimida benzin narxlari haqida kunlik ma’lumot; Hududlar kesimida AYoQShlar joylashuvi (lokatsiyasi) bo’yicha ma’lumot. Mazkur telegram bot orqali aholimiz nafaqat benzin…

Birjada benzin narxi tushishda davom etmoqda

Energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish boʼyicha chora-tadbirlar belgilanib, unga koʼra birja sotuvlariga qoʼyilayotgan АI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish hamda benzin narxining asossiz oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik, narx oshishi boshlangʼich narxning 5 foizidan ortiq boʼlmasligini taʼminlash vazifasi belgilandi. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash boʼyicha, bugun 4010 tonna АI-80 markali benzin birja savdolariga qoʼyildi. Jumladan, bugun birja savdolarida…

TAʼSIR CHORALARINI QOʼLLASH UCHUN HUQUQIY ASOS YARATILMOQDA!

Аyni kunlarda АI-80 markali benzin narxining oshganligi aholi orasida tanqidiy muhokamalarga sabab boʼlayotganligi va bunga qarshi huquqiy taʼsir choralari yetarliligi keng muhokamalarga sabab boʼlmoqda. Tez kunda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlarini nazorat qilish va barqarorligini taʼminlash boʼyicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur qaror loyihasiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi:…

Benzin narxi birja savdolarida barqarorlashmoqda

Joriy yilning 7-dekabr kunidagi birja savdolarining 2-sessiyasi natijasiga ko’ra AI-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o’rtacha 8 065 ming so’mni tashkil etib, 6-dekabr kuniga nisbatan 4 foizga pasaydi. Prezident Administrasiyasi rahbari boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishida: AI-80 benzini importi uchun aksiz solig’i va uni chakana sotish uchun aksiz solig’ini hisoblash va undirishni vaqtincha to’xtatib turish; birja…

8-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi! Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir. Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin! Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov

Birja savdolarida strategik mahsulotlar, shu jumladan neft mahsulotlarining sotilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–430-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 687-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorlarga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga tovar-xom ashyo birjalarida narxlar manipulyatsiyasini cheklash va…

Benzin taklifi oshirilmoqda, ajiotajga oʻrin yoʻq!

Ichki bozorni benzin mahsuloti bilan barqaror taʼminlash, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida birja savdolarida Ai-80 benzini hajmlari oshirib qoʻyilmoqda. Xususan, 7-dekabr kunida boʻlib oʻtgan birja savdolarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ikkinchi sessiyaga 2 500 tonna Ai-80 benzini birja savdolariga qoʻyildi. Shu oʻrinda, birinchi sessiyada ishtirok etgan mijozlar ikkinchi sessiyadagi…