O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan nohalol raqobat holatlaridan biri aniqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga 2019 yil 25 noyabr` kuni “SHIRIN SHAKAR BIZNES” xususiy korxonasining 108-sonli murojaati kelib tushdi. “SHIRIN SHAKAR BIZNES” xususiy korxonasi O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi tomonidan 2015 yil 18 noyabrda berilgan 28618 sonli guvohnomasiga asosan “MEXXI” tovar belgisiga qonuniy egalik qilishi va shu belgi ostida shirinliklar ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.…