Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatidagi chigit mojarosi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2022-yil 5-yanvar kuni munosabat bildirilgan. Rasmiy munosabatda holat oʻrganilishi va oʻrganish natijalari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi koʻrsatib oʻtilgan edi. 2022-yil 3-fevral kuni qoʻzgʻatilgan ish yakuni boʻyicha munosabat eʼlon qilindi. Shunga qaramay ijtimoiy tarmoqlarda yana turli savollar va fikrlar bildirildi. Monopoliyaga qarshi kurashish…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda dorixonalarda o’tkazilgan tezkor reydlar natijasida «Yodomarin», «Kardiomagnil» va «Nimesil» dorilarining qalbaki turlari aniqlanganligi hamda Muxbir Daliyev kanali orqali “Berlin Chemie AG Menarini Group kompaniyasining «Dikloberl N» dori vositasini O’zbekistonda «Diklobiril Mr» nomi ostida «MERRYMED FARM» kompaniyasi savdoga chiqargan” nomli maqolalar e’lon qilingan. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan “MERRYMED FARM”…

TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi. Ashurov Jaxongir A’zamovich –  Samarqand viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari –Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va r eklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi. Ashurov Jaxongir A’zamovich – 1982-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2001-2005-yillar davomida Samarqand iqtisodiyot va servis…

KUCH OCHIQ TANLOVDA SINALADI

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha sohalar singari davlat boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirishga oid qator vazifalar belgilab berildi. Murojaatnomada korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo’lga qo’yish ekani ta’kidlandi. Xabaringiz bor, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq…

Qoʻmita koʻrsatmasi ijrosi taʼminlandi yoxud “MERRYMED FARM” MCHJ bilan bogʻliq mojaralar xususida

Maʼlumki, Vengriyaning “CHINOIN Gyogyszer es Vegyeszeti Termekek Gyara Zrt.” kompaniyasi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur “SANOFI” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. “CHINOIN Gyogyszer es Vegyeszeti Termekek Gyara Zrt.” kompaniyasi 1996-yilda xalqaro roʻyxatdan oʻtgan “NO-SHPA/NO-SPA” va ushbu dori vositasi qutisi koʻrinishidagi tovar belgilarining huquqiy egasi hisoblanadi. Ushbu tovar belgilari Oʻzbekiston hududida ham belgilangan tartibda himoyaga ega.…

AI-80 markali benzin tobora arzonlashmoqda

📌Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang’ich narxlari shakllanilishi yuzasidan o’tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba’zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so’mdan 6 500 so’mga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi. ✅SHu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, Iqtisodiy…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov davom etmoqda.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi: -Tartibga solinadigan narxlar va tariflarni tahlil va nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari; -Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini hamda davlat ko’magini samaradorligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi; -Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va…

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy sement zavodlari aksiyadorlari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida eʼlon qilingan maqolalar yuzasidan munosabat

Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish chogʻida bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud…

«VATANIMGA TAYANCHMAN» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 11-yanvar kuni Monopoliyaga qarshi kurashish Qo’mitasida “VATANIMGA TAYANCHMAN” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda toifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligi boshqaruv apparati boshqarma boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Xoliqov Yo’ldosh To’ychiyevich ishtirok etdi. Tadbirni qo’mita raisining birinchi o’rinbosari Karimov Bobur Xasanovich ochib berdi. Tadbir avvalida mustaqillikning ilk kunlaridan bugungi kungacha 30 yil mobaynida Qurolli Kuchlarimizning erishgan…

«Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida 2021 yilda hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu Memorandumning maqsadi raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida davlatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun amaliy yechimlar, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida…