Tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor kontsentratsiyasini nazorat qilish boshqarmasi:
– shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha, shuningdek xo’jalik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborishga, qo’shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor kontsentratsiyasini nazorat qiladi;
– tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor kontsentratsiyasini baholaydi;
– shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborishga, qo’shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik olish bilan bog’liq masalalar bo’yicha maslahat beradi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan 2020 yil 1 yanvar` xolatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha, shuningdek xo’jalik xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarni qo’shib yuborishga, qo’shib olishga doir jam 204 ta murojaatini ko’rib chiqdi.
Murojaatlar natijalariga ko’ra 140 ta xolat bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berildi, 64 ta xolat bo’yicha monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etilmasligi tushuntirildi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha jami 136 ta murojaat ko’rib chiqildi. Murojaat natijalari bo’yicha 87 ta xolatda bitimlarga oldindan rozilik berildi, 49 ta xolat bo’yicha monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etilmasligi tushuntirildi, chunki bitimda ishtirok etayotgan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar` yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq emasligi yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lmaganligi sabab bo’lgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborishga, qo’shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik olish bo’yicha jami 68 ta murojaat ko’rib chiqildi. Murojaat natijalari bo’yicha 53 ta xolatda bitimlarga oldindan rozilik berildi, 15 ta xolat bo’yicha monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etilmasligi tushuntirildi, chunki bitimda ishtirok etayotgan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar` yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq emasligi yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lmaganligi sabab bo’lgan.