Boshqarma tomonidan 10 dan ortiq (Angliya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Isroil, Braziliya, Rossiya va Qozog’iston) mamlakatlarning monopoliyaga qarshi muvofiqlik bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganib chiqdi va “Risklarni boshqarish tizimini joriy etish va raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va keyingi tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.
Ushbu qaror qabul qilingandan so’ng, tovar, moliya va raqamli bozorda ustun mavqeni egallab turgan korxonalarda monopoliyaga qarshi muvofiqlikni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun «yo’l xaritalari» ishlab chiqiladi.
«Raqobat to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini yangi tahrirda ishlab chiqishda faol ishtirok etildi, boshqarma tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish masalalari bo’yicha maqolani kiritish bo’yicha takliflar tayyorlandi.