manager

Davlat xaridlari boʻyicha savdolarni nazorat qilish boʻlimi Bosh mutaxassisi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Moliya, iqtisodiyot, yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar imtiyozga ega boʻladilar);
  • Davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi, (shu jumladan davlat xaridlari sohasida 2 yil);
  • Oʻzbek va rus tilini mukammal bilishi lozim, ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olish;
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

Lavozim majburiyatlari:

  • Davlat xaridlariga oid maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • Vazirlik, idoralar va davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiririladigan xaridlarini nazorat qilish;
  • Davlat xaridlari boʻyicha komissiya tarkibiga kirish;
  • Xarid jarayoni doimiy monitoringini olib borish
  • Davlat xaridlariga oid meʼyoriy-xuquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
  • Yuridik va jismoniy shaxlarning murojaatlari bilan ishlash.
  • “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilishini monitoring qilish, Qonun buzilgangik holatlarini bartaraf etish boʻyicha qonunchilikda belgilangan choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan lavozim majburiyatlarda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
manager

Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boshqarmasi Yetakchi mutaxassisi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Moliya, iqtisodiyot, yuridik yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar imtiyozga ega boʻladilar);
  • Oʻzbek va rus tilini mukammal bilishi lozim, ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olish;
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

Lavozim majburiyatlari:

  • Normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ekspertizasidan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash;
  • Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari hujjatlari loyihalari ekspertizasidan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash;
  • Oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatizligidan) himoya qilishni taʼminlash;
  • Respublikada tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni yana-da takomillashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan noqonuniy harakatlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Qoʻmita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini taʼminlash;
  • Tasdiqlangan lavozim majburiyatlarda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
manager

Raisning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Filolog (oʻzbek tili) yoki jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumot mavjudligi;
  • Filologiya yoki jurnalistika sohasi boʻyicha kamida 3 yil ish tajribasi mavjudligi;
  • Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilishi;
  • Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini mukammal bilish;
  • Davlat tilida ish yuritish boʻyicha amaliy koʻnikmalar mavjudligi;
  • Muomala va muzokara madaniyati;
  • Oʻz fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

Lavozim majburiyatlari:

  • Qoʻmita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy oʻrganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
  • Qoʻmita, shuningdek, uning tizimidagi hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda xodimlarga davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish hamda davlat tilini keng targʻib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha madaniy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • joylardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashda ishtirok etish;
  • Qoʻmitada davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish boʻyicha takliflar kiritish.
manager

Strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ustidan nazorat qilish boʻlimi Bosh mutaxassisi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Moliya, iqtisodiyot, yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar imtiyozga ega boʻladilar);
  • Davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi, (shu jumladan davlat xaridlari sohasida 2 yil);
  • Oʻzbek va rus tilini mukammal bilishi lozim, ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olish;
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

 

Lavozim majburiyatlari:

  • Davlat xaridlariga oid maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • Vazirlik, idoralar va davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiririladigan xaridlarini nazorat qilish;
  • Davlat xaridlari boʻyicha komissiya tarkibiga kirish;
  • Xarid jarayoni doimiy monitoringini olib borish
  • Davlat xaridlariga oid meʼyoriy-xuquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
  • Yuridik va jismoniy shaxlarning murojaatlari bilan ishlash.
  • “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilishini monitoring qilish, Qonun buzilgangik holatlarini bartaraf etish boʻyicha qonunchilikda belgilangan choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan lavozim majburiyatlarda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
manager

Strategik dasturlarni ishlab chiqish va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Boshqarma boshligʻi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Iqtisodiyot, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro munosabatlar va yuridik yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar imtiyozga ega boʻladilar);
  • Davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlish yoki xalqaro tashkilotlarda yoxud xalqaro munosabatlar yoʻnalishlarida kamida 2 yil ish stajiga (shu jumladan rahbar lavozimlarda) ega boʻlish;
  • Oʻzbek, rus, va ingliz tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga (kamida 6,5 ball) ega boʻlgan nomzodlar maʼqullanadilar);
  • Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olish;
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

Lavozim majburiyatlari:

  • Monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi xalqaro tajribani tizimli oʻrganish va va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish;
  • Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Raqobat siyosati sohasida xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilish va ular bilan hamkorlikni olib borish;
  • Manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yana-da takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • Qoʻmita vakillarining xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlarda ishtiroki va chiqishlarini tashkil etish, kadrlarning chet elda oʻqishi va malaka oshirishini tashkil etishda qatnashish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi va milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish sohasida, xalqaro integratsion tuzilmalar va tashkilotlarga kirishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda prinsiplarini qoʻllash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyasini shakllantirishda ishtirok etish;
  • Tasdiqlangan lavozim majburiyatlarda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
manager

Davlat koʻmagini berishni nazorat qilish va uning samaradorligini baholash boshqarmasi Bosh mutaxassisi

Vakantga boʻlgan talab va majburiyatlar

Malaka va boshqa talablar:

  • Moliya, iqtisodiyot, yuridik yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar imtiyozga ega boʻladilar);
  • Davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi;
  • Oʻzbek va rus tilini mukammal bilishi lozim, ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olish;
  • Kompyuter savodxonligi boʻyicha – Microsoft Office (MS Word,
  • MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  • Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

Lavozim majburiyatlari:

  • Davlat koʻmagi berishni nazorat qilish va uning samaradorligini baholash;
  • Toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita raqobatni cheklashi va raqobat qonunchiligi prinsiplarini buzishi mumkin boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan qonun hujjatlarining raqobat muhitiga taʼsiri ekspertizasi oʻtkazish;
  • Qonun hujjatlari bilan berilgan davlat koʻmagini raqobatga taʼsirini baholash va raqobatni cheklovchi davlat organlari harakatlarini oʻrganish;
  • Raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlarining qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodologiyasiga muvofiq taklifni ishlab chiqish;
  • Oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatizligidan) himoya qilishni taʼminlash;
  • Respublikada tovar-moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni yana-da takomillashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan noqonuniy harakatlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Qoʻmita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini taʼminlash;
  • Tasdiqlangan lavozim majburiyatlarda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Mazkur vakant lavozimlar uchun tanlovlar 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:

Birinchi bosqichda – nomzodlarning malaka talablari ular tanlagan vakant lavozimga mos kelishi koʻrib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda – nomzodlar test topshirish orqali oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadi.

Uchinchi bosqichda – nomzodlar suhbatdan oʻtkazilib, shu tarzda eng munosib nomzod tanlov gʻolibi deb topiladi.

 

Tanlovda nomzodlarning malaka talablari eʼlon qilingan vakant lavozimlar uchun belgilangan malaka talablariga mos kelishi alohida ahamiyatga ega.

 

Nomzodlar oʻz hujjatlarini 15 kun ichida yaʼni 2020-yilning

26-dekabrdan 2021-yilning 9-yanvariga qadar

vacancy.argos.uz

portali orqali elektron tarzda yuborishlari soʻraladi.

Shoshiling! Tanlovda ishtirok eting! Gʻolib boʻling va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi jamoasiga qoʻshiling!