Bugun Amir Temur tavalludiga 685-yil toʻldi

“Rostiy — rustiy” – bu shior Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning mashhur uzugidagi muhrda aks etgan. Uning maʼnosi — KUCH ADOLATDA. Buyuk sarkarda 1336-yilning 9-aprel sanasida Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor (Yakkabogʻ) qishlogʻida tavallud topgan. Oradan 7 asr oʻtibdi hamki, Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari, uning dovrugʻi, harbiy salohiyati hanuz avlodlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Sohibqiron urushlarda magʻlubiyatga uchramagan sarkarda…