65 MLRD. SO’MGA DAVLAT XARIDLARINI NOTO’G’RI AMALGA OSHIRGAN BUXORODAGI BYUDJET TASHKILOTI

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi “Buxoro yo’llardan muntazam foydalanish” Unitar korxonasi tomonidan 2019 – 2020 yillar davomida tovar(ishlar, xizmatlar)lar xaridini amalga oshirishda O’zbekiston Resublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi va “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o’rganish o’tkazildi. O’rganish “Buxoro yo’llardan muntazam foydalanish” UK tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida olib borildi. Mazkur korxona…

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF–6019-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini…

Toshkentdagi III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumi

Bir sahnada yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalar top-menejerlari ma’ruza qildilar, boshqaruv, marketing va sotuvlardagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Forum ishtirokchilarida bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlar va samarali marketing vositalarini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. MAKON Marketing Forum 2021 biznes-forumi 22-mayda Toshkentda o‘tkazildi. O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziyadan ekspertlar o‘zlarining shaxsiy tajribalari va biznes…

Paxta yogʻi narxlari keskin oshishi boʻyicha oʻtkazilgan kompleks oʻrganishlar natijasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan paxta yogʻi narxlari keskin oshishi munosabati bilan kompleks oʻrganish oʻtkazildi. Paxta yogʻi narxining oshishiga ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo boʻlgan texnik chigitning birja savdolaridagi boshlangʻich narxlarining asossiz oshirib qoʻyilishi ham taʼsir etgan. Jumladan, 2021-yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan 1 tonna texnik chigit birja savdolariga 4-4,5 mln soʻmdan boshlangʻich…

JARIMALAR MAYDONCHASI. USHBU YO’NALISHDA XIZMAT KO’RSATUVCHI TADBIRKORLAR MUAMMOSI

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan Respublika hududida qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to’xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash bo’yicha ko’rsatilayotgan xizmatlar bozorida o’rganish ishlari o’tkazildi. Bugungi kunda Respublika hududida qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to’xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash xizmatlarni ko’rsatuvchi 296 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat…

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi metropoliten xizmatlari xususidagi holatlarni nazoratga olmoqda

Soʻngi vaqtlarda Toshkent shahar yoʻlovchilari metropoliten xizmatlaridagi qator muammolar guvohiga aylanishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bogʻliq kamchiliklar haqida koʻp marotaba yozib kelishmoqda. Jumladan, 18-mart kuni “Olmazor” (Chilonzor yoʻli) va “Bekat-1” (Sergeli yoʻli) orasidagi tunnelda ikki poyezd toʻqnashuvi. 9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga metropolitendagi yer…

MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO’MITASI PAXTA YOG’I VA CHIGIT NARXINI SHAKLLANISHI USTIDAN NAZORATINI KUCHAYTIRYAPTI

Avval xabar berganimizdek, paxta yogʻi narxining oshishiga asosiy sabab bu yogʻ ishlab chiqaruvchi davlatlardagi kungaboqar yogʻi narxining koʻtarilishidir. Lekin, olib borilgan oʻrganishlar natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi obyektlar tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun buzilish alomatlari borligi aniqlandi. Xususan, Qoʻmitada tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tovar bozorida oʻzaro raqobatchi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari oʻrtasida kelishib…

“2020-yil brendi” mukofoti uchun ochiq ovoz berish boshlandi

2021 yil 22 mayda “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi talqiniga ko’ra IV “2020 yil brendi” mukofoti bilan tantanali taqdirlash marosimi o’tkaziladi. Marosim Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ko’magida tashkil etilmoqda. An’anaga ko’ra, sevimli brend uchun ovoz berish imkoniyati har bir iste’molchiga beriladi. Har yilgi “Yil brendi” mukofoti bilan eng faol kompaniyalar o’tgan yil yakunlariga ko’ra O’zbekiston…

ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI 8 YILDA HAL ETILDI

Mazkur voqea qahramonlari mahallaga elektr toki kelishini 8 yil avomida kutishgan. Ya’ni, mutasaddi tashkilotning vadasiga shonib, mahalla fuqarolari shuncha kutishga majbur bo’lishgan. Nukus shahrida joylashgan “Allaniyoz Qahramon” mahallasiga еlektr toki mahsus simyog’ochlar orqali emas, balki iste’molchilarning o’zi bir zamonlar o’rnatgan tirgaklar orqali kelgan. Buning hayot uchun xavflilik tomoni borligi esa, vaziyatni yanada qaltis ekanligini bildirardi.…

ICHKI BOZORDA O’SIMLIK YOG’I MAHSULOTLARI NARXLARI O’ZGARISHI HAQIDA MA’LUMOT

Joriy yilning mart-aprel` oylarida kungaboqar va paxta yog’lari narxlari keskin oshganligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan ichki bozorda o’simlik yog’i mahsulotlari narxlari o’zgarishi tahlil qilib borilmoqda. Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq respublika bo’yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o’simlik yog’i talab etiladi. 2020 yilda aholi iste’moli uchun 450…