Soʼnggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsiogen omillarga chek qoʼyishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funktsiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korruptsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʼyicha belgilangan vazifalar korruptsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tugʼilmoqda.
Shu maqsadlarda, alohida taʼriflash joyizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi PF-6013-sonli Farmoni bilan Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
Jumladan, mazkur Farmon bilan Oʼzbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etilgan. Joriy yilning 20 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi va Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasidan Qoʼmita raisi oʼrinbosari F. Karabaev ishtirok etdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi
PF-5729-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining 2019 yil 5 iyuldagi 68-P-sonli buyrugʼi bilan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi masalalar Qoʼmitaning Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etish boshqarmasiga yuklatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli Farmoni, 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi va Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komissiyasi topshirigʼiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining 2020 yil 30 yanvardagi 13-P-sonli buyrugʼiga asosan Qoʼmita tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha 2020 yilga moʼljallangan Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Chora-tadbirlar rejasida korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, ahloqiy qoidalarga rioya qilish va manfaatlar toʼqnashuvlarini xal qilish choralari, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish masalalari koʼzda tutilgan.
Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha “ishonch telefoni” faoliyati yoʼlga qoʼyilgan va nizomi tasdiqlangan. Ushbu nizomda “Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari toʼgʼrisida”, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonunlariga muvofiq arizalarni qabul qilish, Qoʼmita tizimidagi korruptsiya bilan bogʼliq shikoyatlar koʼrib chiqish tartibi belgilangan. Qoʼmitada korruptsiyaga qarshi kurashishga oid anonim shikoyatlar uchun aloxida elektron pochta yaratilib, oʼz faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda. Shu bilan birga, “ishonch telefoni” va anonim murojatlar uchun elektron pochta manzili Qoʼmitaning rasmiy saytida, Facebook dagi rasmiy sahifasida va Telegram kanalida joylashtirilgan.
Shu jumladan, korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha har oyning 5 va 25 sanalarida Bosh prokuratura va Аdliya vazirligiga Qoʼmitaning korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hisoboti yuborilmoqda.
Korruptsiya holatlarini olib kelishi mumkin boʼlgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga oʼtkazish masalasi boʼyicha “Raqobat toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 18 moddasidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni qoʼshib yuborishga, qoʼshib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish boʼyicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar oldindan rozilik olish tartibi Davlat xizmatlari markazlariga oʼtkazilish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʼrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 28 may 2020 yildagi 338-sonli qarori tasdiqlangan.
Yuqoridagi Vazirlar Mahkamasining qarori davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari va aholiga koʼrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarining roʼyxatini kengaytirish va sifatini oshirish, tegishli axborot resurslaridan keng foydalanishini taʼminlash, monopoliyaga qarshi organning shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni qoʼshib yuborish va qoʼshib olishga doir bitimlarni tuzish uchun oldindan roziligini olishni soddalashtirish va oshkoraligini taʼminlash, hoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni qoʼshib yuborish va qoʼshib olishga doir bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik berish boʼyicha monopoliyaga qarshi organga kelib tushadigan murojaatlarni koʼrib chiqish samaradorligi va tezkorligini oshirish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komissiyasi topshirigʼiga asosan, Qoʼmita tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun va meʼyoriy xujjatlar loyixalari korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazish uchun muntazam ravishda Аdliya Vazirligiga yuborilmoqda.
Shuningdek, Qoʼmita faoliyatining ochiqligini, shaffofligini va jamoatchilik muhokamasini taʼminlash maqsadida Qoʼmita tomonidan ishlab chiqilayotgan xar bir normativ-huquqiy hujjatlar www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirilmoqda.