Jahon banki hamda Qozogʻiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish organi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib oʻzaro hamkorlik hamda texnik koʻmaklashuv boʻyicha kelishuvlarga erishildi, shuningdek raqobat muhitini rivojlantirish sohasida birgalikda dasturlar ishlab chiqildi, shu jumladan tovar va moliya bozorlarida raqobat tahlili oʻtkazish, oʻquv seminarlari va tajriba almashuvlari tashkil etildi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti vakillari hamda BMTning savdo, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish sohasini tartibga solish sohalarida qoʻshma loyihalar rivojlantirish konferensiyasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazilib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish rejalari tasdiqlangan.

Shu bilan birga, (Strategik dasturlarni ishlab chiqish va eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi) boshqarma xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralarda faol qatnashishmoqda. Muzokaralar davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari tomonidan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik kelishuviga raqobat toʻgʻrisidagi qoidalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi kurashish sohasini tartibga solish boʻyicha ilgʻor tajribalar va maʼlumotlar almashuvi boʻyicha qoidalar, hamda monopoliyaga qarshi kurashish sohasi tajribalari hisobini yuritish qoidalarini kiritish zarurligi taʼkidlandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi ilgʻor tajribalar boʻyicha maʼlumotlar tizimi yaratilib, maʼlumotlar bilan toʻldirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining global raqobatbardoshlik va iqtisodiy erkinlik koʻrsatkichlariga qoʻshilishi va oʻz oʻrinlarini yaxshilash borasida raqobatga salbiy oqibatlarini aniqlash uchun davlat tomonidan imtiyozlar va preferensiyalarni berishni tahlil qilish choralari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) roʻyxatini bosqichma-bosqich qisqartirish va ularni deklaratsiyalash tartibini bekor qilish, mavjud litsenziyalar va ruxsatnomalar turlarini koʻrib chiqish va shu kabi holatlar oldini olish boʻyicha yoʻl xaritalari yuborildi.

Boshqarma xodimlari tomonidan doimiy ravishda “yoʻl xaritalari”, Qoʻmita faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari hamda hukumat topshiriqlari ijrosi yuzasidan maʼlumotlar umumlashtiriladi va yuboriladi.

Qoʻmita faoliyatida qoʻllash boʻyicha ilgʻor tajribalar muntazam ravishda oʻrganilib boriladi hamda hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan Qoʻmitaning nizomlari va “yoʻl xaritalari”da hisobga olinadi.