Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-sentyabrdagi PF-5817-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligida quyidagi boʻsh lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi:

 

MARKAZIY APPARAT:

  • Boshqarma boshligʻi;
  • Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari;
  • Boʻlim boshligʻi;
  • Bosh mutaxassis;
  • Yetakchi mutaxassis;
  • Yuriskonsult;
  • Bosh hisobchi;
  • Kadrlar boʻyicha inspektor;
  • Axborot-maʼlumot markazi mudiri;
  • Devonxona mudiri.

 

AGENTLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARI:

  • Boshqarma boshligʻi;
  • Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari;
  • Boʻlim boshligʻi;
  • Bosh mutaxassis;
  • Yetakchi mutaxassis.

 

  1. Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy malaka talablari:
  • iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa oʻzaro bogʻliq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlish (Oʻzbekiston yoki xorijiy oliy oʻquv yurtlarining diplomlari);
  • katta hajmdagi axborotni qisqa muddatlarda qayta ishlash, vazirliklar, idoralar va xorijiy tashkilotlar bilan doimiy aloqani taʼminlash;
  • iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish. Oʻz faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni oʻtkazish;
  • amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
  • oʻzbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi);
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish (respublika tashkilotlari va kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi);
  • Microsoft Office dasturlarini bilish;
  • ushbu lavozimga muvofiq boshqa malaka talablari.

 

  1. Shaxsiy talablar:
  • kasbiy, ishbilarmonlik odob-axloqi va xulq-atvor madaniyatining mavjudligi;
  • bajariladigan ish uchun javobgarlik;
  • jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish.

 

Tanlov jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

 

1-bosqich: yuqoridagi talablarga javob bergan nomzodlar rezyume (SV) va taklif etilgan ish oʻrnida ishlash xohishi bayon qilingan esseni joriy yilning 25-oktyabriga qadar taqdim etishi lozim (rezyume namunasi ilova qilinadi). Rezyume va esse ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi va talablarga javob beradigan nomzodlar keyingi bosqichga oʻtadi va bu toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

2-bosqich: 26-oktyabr kuni soat 10:00 da nomzodlar yuqorida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun suhbatdan oʻtkaziladi.

3-bosqich: suhbatdan oʻtgan nomzodlar 2019-yil 29-oktyabrda tanlov natijalari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

 

Barcha belgillangan xujjatlarni markaziy apparat yoki hududiy boshqarmalarning elektron manziliga yuborishingizni soʻraymiz:

 

HududE-mailTelefon
Markaziy apparatconsumer@antimon.gov.uz71 207-47-00 (302)
Qoraqalpogʻiston Respublikasikr@antimon.gov.uz61-222-30-11
Andijonan@antimon.gov.uz74-223-21-26
Buxorobx@antimon.gov.uz65-221-59-36
Jizzaxjz@antimon.gov.uz72-222-27-16
Qashkadaryoqa@antimon.gov.uz75-225-11-17
Navoiynv@antimon.gov.uz79-220-62-09
Namangannm@antimon.gov.uz69-233-25-15
Samarqandsm@antimon.gov.uz66-233-07-63
Surxondaryosx@antimon.gov.uz76-223-39-36
Sirdaryosr@antimon.gov.uz67-226-37-00
Toshkent viloyatitv@antimon.gov.uz71-233-62-30
Fargʻonafg@antimon.gov.uz73-244-04-43
Xorazmxz@antimon.gov.uz62-228-51-15
Toshkent sh.tn@antimon.gov.uz71-233-28-11