Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasi  iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qaraldi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mahsuli sifatida bozor iqtisodiyotining samarali harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan institutsional asoslar, shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan bir qatorda,  davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.

O’zbekistonda raqobat siyosati: Asosiy sanalar

  • 2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va O’zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va  amalga oshirish boshlandi;
  • 1992 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
  • 1996 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi;
  • 2000 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo’mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;
  • 2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni  rivojlantirish va qo’llab quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga  yangi akolatlar berildi.
  • 2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yanada kuchaytirish va  sog’lom raqobat muhini yaratish  maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ  qayta tashkil etildi.

Iqtisodiyotda kechayotgan ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek,  monopoliyaga qarshi organlar institutlarini yanada mustahkamlash, 90 yillarda va 2000 yillarning  boshlaridagi  monopoliyaga qarshi qonunchiliklarni takomillashtirish masadida  quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qildindi:

1996 yil 27 dekabrda O’zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida” Qonuni qabul qilindi.

Yangi qonun qoidalari ikkita asosiy yo’nalishlar bo’yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lib, bular:

monopol mavqeini suiste’mol qilish ustidan nazorat o’rnatish va unga yo’l qo’ymaslik;
iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni yaratish;
1997 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida” Qonuni qabul qilindi;
1996 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonuni qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasida  raqobatni rivojlantirishga yo’naltirilgan asosiy islohotlar:

Ushbu jaryon uch bochqisda amalga oshirildi:

1-bosqich (1991-1999 yy.) Raqobat muhitini shakllantirish uchun bozor mexanizmlarini yaratish:

1992 yil 2 iyulda – “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va O’zbekistonda raqobat
siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
1992 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
1996 yil – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi.

Shu yilda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.

2-bosqich (2000-2010 yy). Monopolist korxonalarni monopoliyadan chiqarish, bo’lib yuborish va qayta tashkil etish:

2000 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirli tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo’mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi.
2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni  rivojlantirish va qo’llab quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga  yangi vakolatlar berildi.
Qo’mitaga yangi nom berildi – O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi.

3-bosqich (2010 yildan boshlab)  Moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni joriy etish.

2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ  qayta tashkil etildi va uning tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash funktsiyasi bekor qilindi.
2012 yil – ikkita davlat qo’mitasini qo’shilib ketishi orqali yana qisman o’zgarish bo’ldi.

Shu yilda “Raqobat to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va  kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi № PQ-4126-sonli “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish,  raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va  tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi  vazifa, funktsiya va vakolatlar berildi.