Rais

Sharipov Najmiddinxodja Shuxratovich

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@antimon.gov.uz

Sharipov Najmiddinxoʻja Shuhratovich 1983-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

2005-yilda Toshkent moliya institutini (bakalavr, magistr), 2012-yilda “Bank ishi”, “Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari” yoʻnalishlarini tugatgan. 2012-yilda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

2003-yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.

2016 – 2018-yillarda Vazirlar Mahkamasida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

2018-yilning may oyidan Xususiylashtirilgan korxonalarni ragʻbatlantirish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 24-yanvardagi 4128-sonli qaroriga muvofiq u Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi etib tayinlandi.

Raisning birinchi oʻrinbosari

Karimov Bobir Xasanovich

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@antimon.gov.uz

Karimov Bobur Xasanovich – 1978 yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug’ilgan.

“Umid” fondi stependianti, 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Uorik Universitetini tamomlab, bakalavr diplomiga ega.

2004 yilda esa O’zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani yakunlagan.

2002 – 2005 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat qo’mitasida bosh yurist maslahatchisi, yuridik xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2005 yildan 2019 yilga qadar O’zbekiston, Qozog’iston va BAAdagi turli xalqaro konsalting firmalarida ishlab kelgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2019 yildagi №4180 – sonli qaroriga muvofiq u O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari etib tayinlandi

Rais oʻrinbosari

Karabaev Farrux Esanaliyevich

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@antimon.gov.uz

Rais oʻrinbosari

Ummatov Bekzod Xamzayevich

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@antimon.gov.uz

Ummatov Bekzod Xamzaevich 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Toshkent Moliya institutini “Bank ishi” yo’nalishini 2003 yilda tamomlagan.

2016 yilda Bank-moliya akademiyasining “Korporativ moliya va qimmatbaho qog’ozlar bozori” mutaxassisligini tugatgan.

2004-2010 yillarda yuank sohasida ishlagan, 2011 yildan Raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

2017-2019 yillar davomida Vazirlar Mahkakmasida ish faoliyatini olib borgan.

11.02.2019 yilda № PQ-4182 Prezident Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi rais o’rinbosari lavozimiga tayinlangan

Axborot xizmati rahbari – Rais maslahatchisi

Xasanova Manzura Sadikjanovna

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@antimon.gov.uz

Xasanova Manzura Sadikjanovna 1982 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan.

2004 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining «O’zbekiston tarixi» yo’nalishi bo’yicha bakalavr, 2006 yilda «Jahon tarixi» yo’nalishi bo’yicha magistratura ilmiy darajalarini olgan.

2004 yildan – 2019 yilgacha O’zbekiston Milliy teleradikompaniyasi «Axborot» informatsion tahliliy ko’rsatuvida turli lavozimlarda ishlab kelgan (muxbirlikdan boshlab siyosiy sharhlovchigacha).

2019 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Matbuot kotibi – raisining Axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelmoqda

Iste’molchilar huquqlarinin himoya qilish Agentligi direktori

Xaitmetov Elmurat Sidikmatovich

 

Telefon: 71-207-47-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@consumer.uz

Xaitmetov Elmurot Sidikmatovich 1972 yilda Qozog’iston Respublikasiing, Chimkent viloyatida tug’ilgan.

1994 yilda Toshkent Davlat Agrar universitetini (oliy) tamomlagan.

2004 yilda O’zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini (magistr) “Buxgalteriya hisoboti va moliya bo’yicha iqtisodchi” va “Moliya-audit” mutaxassisliklarini tugatgan.

Davlat raqobatni rivojlantirish tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan (1998-2007 yillar va 2010-2018 yillar), shuningdek Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida ham faoliyat olib borgan(2007-2010 yillar).

2018 yilning oktyabr oyidan XK MCHJ «TOSHELECTROAPPARAT» tashkilotida moliyaviy direktor lavozimida ishlab kelgan.

Vazirlar Mahkamasining 859-sonli qaroriga ko’ra 10.10.2019 yildan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi direktori oʻrinbosari

Qurbonov Aʼzam Beshimovich

 

Telefon: 71-207-46-00
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09-00 dan 11-00 gacha
E-mail: info@consumer.uz

Qurbonov A’zamjon Beshimovich 1981 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan.

2002 yilda Toshkent Moliya institutini “Moliviy-iqtisodchi” mutaxassisligini tugatgan, shuningdek, 2012 yilda Xorijiy texnik ta’lim Assotsiyatsiyasi (Yaponiya) tomonidan tashkil etilgan “Sanoat korxonalarida korporativ boshqaruv” kurslarini tamomlagan, 2015 yilda esa, Menedjment va texnologiya Yevropa maktabining “Top-menedjerlar uchun korporativ boshqaruv” kurslarida ta’lim olgan.

2002 – 2005 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasining Toshkent shahar boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

2005 – 2010 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining Toshkent shahar boshqarmasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Keyinchalik faoliyatini 2010-2011 yillarda “O’zkimyosanoat” AK da bosh iqtisodchi lavozimida, 2011-2013 yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi tizimida bo’lim boshlig’i o’rinbosari lavozimida, shuningdek, 2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining turli bo’limlarida boshliq lavozimida ishlagan.

2017-2019 yillar davomida Vazirlar Mahkamasida o’z faoliyatini olib borgan.

2019 yilning fevral oyidan oktyabr oyiga qadar O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida katta prokuror lavozimida mehnat qilgan.

2019 oktyabr oyidan esa O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi direktori o’rinbosari lavozimida xizmat qilib kelmoqda.